O‘zbekistonda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
16.10.2024
313

Bugun,16-oktyabrdan respublika bo‘ylab saylov uchastkalari soat 9:00 dan muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar bermoqda.
Foto: “Daryo”
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Muddatidan oldin ovoz berish 16-oktyabr kuni boshlanib, 23-oktyabr kuni yakunlanadi.