Loyiha haqida

about-img
about-img
about-img
about-img
about-img
about-img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev topshirig‘iga binoan yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi bilan birgalikda talab yuqori bo‘lgan 15 ta kasb-hunar bo‘yicha onlayn platformani ishga tushirish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini hamkorlikda ta’minlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Ishga marhamat” monomarkazi va “Worldskills Uzbekistan” tashkilotlari o‘rtasida platformani yaratish, metodik ta’minlash, doimiy rivojlantirish sohasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda yoshlar o‘rtasida kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha ularni qiziqtirgan yo‘nalishlarni aniqlash maqsadida barcha tuman va shaharlarida so‘rovnoma o‘tkazildi. Bevosita o‘tkazilgan so‘rovnomalar orqali hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlari asosida talab yuqori bo‘lgan kasblar ro‘yxati shakllantirildi.

info__img

56058 nafar

Ro‘yxatdan o‘tganlar

info__img

32479 nafar

Kurs qatnashchilari

info__img

328 ta

O‘quv markazlari

person_img
TEPAGA scroll-top-icon